Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qömitasida oila, onalik va bolalikni muhofaza qiliş sohasidagi qonun hujjatlarini takomillaştirişning dolzarb masalalariga bağişlangan davra suhbati bölib ötdi. Tadbirda deputatlar, davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, olimlar, ekspertlar va jurnalistlar iştirok etdi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi xabar bermoqda. 

Emlaş orqali yuqumli kasalliklarning oldini oliş böyiça zamonaviy tizim şakllandi. Aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat bilan ta'minlaş, ratsional ovqatlaniş madaniyatini tarğib etiş, oziq-ovqat mahsulotlarini foydali elementlar bilan boyitiş, mikronutriyent tanqisligi tufayli kelib çiqadigan kasalliklarning oldini oliş işlari tizimli taşkil etilmoqda. Mamlakatimizda jahon tajribasida ilk bor homilador ayollarni tarkibida foydali mikroelementlari bölgan polivitaminlar bilan bepul ta'minlaş amaliyoti joriy etildi. 

Bunday keng qamrovli işlar natijasida mamlakatimizda mustaqillik yillarida onalar ölimi 3,2 barobar, bolalar ölimi 3,4 barobar kamaydi. Mamlakatimizda kamolga yetayotgan bolalarning töqson ikki foizi rivojlaniş körsatkiçlari böyiça Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti standartlariga töla mos keladi. 

Davra suhbatida mamlakatimizda oila, onalik va bolalikni muhofazalaş, reproduktiv salomatlikni mustahkamlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar, erişilayotgan natijalar, istiqboldagi vazifalarga oid ma'ruzalar tinglandi. Bu borada qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyatini aholi orasida keng tarğib etiş, uşbu sohadagi qonunçilikni yanada takomillaştiriş xususida fikrlaşildi.