Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Klinton va Tramp birinchi marta teledebatlarda yuzma-yuz uchrashadi
AQSh prezidenti lavozimiga nomzodlar Xillari Klinton va Donald Tramp 26 sentabrda Nyu-Yorkdan 40 km uzoqlikda joylashgan Xempsted shahridagi Xofstr universitetida birinchi marta teledebatlarda yuzma-yuz uchrashadi.
Prezidentlik teledebatlarini o‘tkazish komissiyasi qarori bo‘yicha, debatlar har biri 15 daqiqadan 6 qismga bo‘linadi. Har bir qismdagi savollar mavzusini debatlar moderatori – NBC telekompaniyasining kechki yangiliklar dasturi boshlovchisi Lester Xolt tanlaydi. Klinton va Trampda javob uchun 2 daqiqadan vaqt beriladi, so‘ngra raqibining so‘zlariga javob berish imkoniyati bo‘ladi. AQSh prezidenti lavozimiga nomzodlarning birinchi uchrashuvi mahalliy vaqt bilan 21:00 da boshlanadi.
Debatlarda birinchi savol Klintonga beriladi. O‘rnatilgan qoidalarga ko‘ra, teledebatlarda oxirgi 5 ta umummilliy so‘rovnomada kamida 15 foiz saylovchilarning ovozini olgan nomzodlar ishtirok eta oladi. Tramp ham, Klinton ham bu shartga to‘g‘ri keladi: oxirgi so‘rovnomalarga ko‘ra Klintonni 45-48 foiz, Trampni 39-44 foiz saylovchilar qo‘llab-quvvatlagan. Libertarian partiyasi nomzodi Geri Jonson va "yashillar" nomzodi Jill Steyn debatlarga qo‘yilmaydilar, chunki ular to‘plagan ovozlar mos ravishda 10 va 4 foizni tashkil qilmoqda.