Lift eng so‘nggi texnika va texnologiya vositalari yordamida ishlab chiqilgan. Unda jarohatlar va ortiqcha ko‘ngilsizliklarning oldini olish maqsadida pastda hech narsa va hech kimsa yo‘qligini aniqlashga yordam beradigan aqlli tizim, sensorlar mavjud.

Shuningdek, ko‘tarish tizimi shaxsiy akkumulyator bilan jihozlangan bo‘lib, u markaziy elektr quvvat tizimiga bog‘liq emas va elektr yetmagan holatda ham o‘z vazifalarini bajarishda davom etaveradi. 

Ishlab chiqaruvchilar fikriga ko‘ra, LiftonDuo Home TARDIS vaqt mashinasi uslubida «Shifokor Kim» serialidagi lift ko‘rinishida yaratilgan. Qavatdan-qavatga harakatlanish bahosi arzon emas, lift narxi naqd 21 000 dollar turadi.