Dunyoda maşhur bölgan yuqori sifatli maişiy texnika işlab çiqaruvçi  Samsung, Sony, LG, Siemens va Bosch kabi brendlar öz servis markazlariga ega ekanligi hammaga ayon.  Bu servis markazlari maişiy texnikadan foydalaniş jarayonida kelib çiqişi mumkin bölgan muammolarni bartaraf qilişda mijozlarga yordam beradi va mahsulot sifatini kafolatlaydi. Şuning uçun xaridorlar bu brendlarga yuqori işonç bildirişadi. Milliy ğururimiz bölgan  Artel korxonasi ham jahon standartlariga rioya qilgan holda öz xaridorlariga mukammal va yuqori xizmat körsatiş maqsadida Özbekston Respublikasi böylab servis markazlarini oçmoqda.

Öz faoliyatini 2012 yilda boşlagan New Profi Technology mas'uliyati çeklangan jamiyatning asosiy maqsadi - "Artel" brendi ostidagi maişiy texniklarni ta'mirlaşdan iborat. Sönggi yillarda respublikamizning har bir viloyatida ikkitadan servis markazlari barpo etilgan bölib, ularning barçasi zamonaviy texnologiyalar asosida ta'minlangan. "Artel" maişiy texnikalarini mijozlarning uylariga borib ta'mirlaş uçun har bir punktga maxsus jihozlangan avtomobillar biriktirilgan. Bularning barçasi aholiga qulaylik yaratiş maqsadida yölga qöyilgan. 
Bugungi kunda korxonada 100 nafar malakali mutaxassis hamda 200 nafardan ortiq yuqori tajribali ustalar aholiga xizmat körsatmoqda.

New Profi Technology sizga mamnuniyat bilan şuni ma'lum qiladiki, mamlakatimizda aholiga xizmat körsatuvçi yana ikki servis markazi işga tuşirildi. 2016 yilning 19 sentabrida Namangan viloyati, Çust şahridagi servis markazining oçiliş marosimi bölib ötdi; 26 sentabrda esa Qaşqadaryo viloyati, Şahrisabz şahridagi filial iş boşladi. Servis markazlarimiz xizmatingizga şay!