Prezident Şavkat Mirziyoyev 11 yanvar kuni elektrotexnika sohasidagi natijalar va galdagi vazifalarga oid taqdimot bilan tanişdi.
Rasmiy relizga köra, bu sohaning sanoatdagi uluşi 3,5 foiz, tovarlar eksportida 10 foizni taşkil etadi. Ötgan yili 31 trillion sömlik mahsulot işlab çiqarilgan, 1 milliard 300 million dollar eksport qilingan.
Taqdimotda “Özeltexsanoat” uyuşmasi raisi bu yil hududlarda 4 milliard dollarlik 290 ta yangi loyihani boşlab, 600 million dollar investitsiya özlaştiriş, misni qayta işlaş darajasini 75 foizga yetkaziş rejalarini aytdi.

Endi tadbirkorlarga texnoparklar hududida tayyor bino qurib, elektrotexnika va turdoş soha korxonalariga sotişga ruxsat beriş möljallanmoqda. Yuqori texnologiyali işlab çiqarişni yölga qöygan tadbirkorlarni uç yil muddatga foyda va mol-mulk soliğidan ozod qiliş taklif etilmoqda.
Mahsulotlar sotilişi uçun vazirlik va sanoat tarmoqlari kesimida 15 trillion sömlik kafolatli bozor ham taşkil qilinadi. Ijtimoiy obektlar uçun qayta tiklanuvçi energiya qurilmalarini mahalliy korxonalardan xarid qiliş tartibi işlab çiqilmoqda.
Eksportni yiliga 3 milliard dollarga, işlab çiqariş hajmini 50 trillion sömga yetkaziş imkoniyati bor, deb hisoblamoqda mutasaddilar.













