Pulli obunalardan qanday foydalaniş va pul tejaş mumkin?
|21:17 / 30.12.202513 09811 min
Tölov ilovalari pul ötkaziş, ijara va kommunal tölovlarni amalga oşirişning asosiy usuliga aylandi. P2P ötkazmalar uçun komissiya odatda 1% ni taşkil qiladi va oyiga 5–7 million söm miqdoridagi ötkazmalarda faqat komissiyaning özi 70 000 sömgaça ortiqça xarajat keltirib çiqaradi.
Foto: ShutterstockFoto: Shutterstock
Pulli obunalar uşbu komissiyaning bir qismini olib taşlaş, pullarni keşbek orqali qaytariş va strimingdan tortib teletibbiyotgaça bölgan qöşimça servislarni berişni va’da qiladi.
Kun.uz tölov ilovalarida pulli obunalarni qaçon ulaş foydali ekanini tekşirib körişga qaror qildi. Buning uçun törtta ommabop servis: Click Premium, Payme Plus, TBC Plus va Hambi Smart tanlandi. Quyida obunalarning funksiyalari, komissiya va keşbeklarda pul tejaş hamda obunani yoqişdan oldin e’tibor beriş kerak bölgan jihatlarga nazar taşlaymiz.
Qanday obunalar taklif etilmoqda?
Click Premium — oyiga 35 000 söm, 10 mln sömgaça komissiyasiz pul ötkaziş.
Payme Plus — oyiga 39 990 söm evaziga «Hammasi içida» tarifi, 5 mln sömgaça komissiyasiz pul ötkaziş; «Bazaviy» tarifi va 4 990 sömga «Monitoring» xizmati ham bor.
Hambi Smart — oyiga 25 000 söm, 20 mln sömgaça komissiyasiz pul ötkaziş.
TBC Plus — oyiga 29 999 söm, hamkorlardan 5%gaça va har qanday xaridlarga 1-2% keşbek.
Payme jamoasi foydalanuvçilar harakati böyiça tahlilini taqdim etdi: obunaçilarning 40 foizi oyiga 4 990 sömlik «Monitoring» xizmatini tanlaydi — P2P va keşbeksiz, faqat xarajatlar tahlili. «Hammasi içida» töliq paketini ilovadan faol foydalanadigan va nima uçun pul tölayotganini tuşunadigan 10 foizga yaqin foydalanuvçi işlatadi. «Bazaviy» tarifi esa uluşi 1 foizga yaqin bölgan, tor doiraga möljallangan mahsulot bölib qolmoqda.
Pul ötkazmalarida qanday tejaş mumkin?
Bu barça obunalarning asosiy funksiyasidir.
Limit va narx nisbati böyiça Hambi Smart «1 mln limit» uçun eng past tarifni taqdim etadi.
Payme analitikasi körsatişiça, obunaçilarda tranzaksiyalar çastotasi obunasisiz foydalanuvçilarga nisbatan 2–3 barobar yuqori. Odamlar albatta köp pul ötkazmaydi, ammo alohida operatsiyalarni köproq amalga oşiradi. Köpçilik limitdan qisman foydalanadi; uni töliq işlatadiganlar esa muntazam yirik ötkazmalari bölgan foydalanuvçilardir.
kiçik guruhlardagi yiğimlar — döstlar, hamkasblar.
Click Premium ofertasida limit qoldiğidan oşib ketganida ötkazmaning ortiqça qismidan emas, töliq summadan komissiya olinişi körsatilgan: 2 mln qoldiq va 3 mln ötkazma bölganida 1%lik komissiya 10 000 söm, emas, 30 000 söm böladi.
Payme va Hambi ilovalarida bunday şart yöq — limit tugaganidan söng operatsiyalar umumiy asosda amalga oşadi. Barça xizmatlarda bepul ötkazmalar faqat Uzcard va Humo kartalari uçun amal qiladi.
Qança keşbek oliş mumkin?
Keşbeklar har bir obunada turliça.
Click Premium
Click Premium mobil aloqa, kommunal xizmatlar va ayrim xaridlar uçun keşbek beradi. Keşbek ilova içidagi Click-hamyonga tuşadi, uni kartaga ötkaziş yoki boşqa tölovlarga sarflaş mumkin. Miqdori toifaga qarab belgilanadi:
Payme Plus aksariyat tölovlar uçun 1% keşbek hisoblaydi — u tölovlarning 90% dan ortiğiga amal qiladi. Keşbek bilan tölov qilinganda yangi keşbek hisoblanmaydi, operatsiya bekor qilinganida esa avval hisoblangan bonuslar bekor qilinadi.
Payme Plus bilan keşbek hisobiga oyiga örtaça 70 000 söm tejaş mumkin. Odatda bu pullar darhol aloqa, kommunal xizmatlar va QR-tölovlar uçun işlatiladi, şu bois tejamkorlik xarajatlarni darhol kamaytiradi.
Hambi Smart
Hambi Smart ilovasida keşbek yöq, lekin çegirma va bonuslar bor:
BeeMarket — gadjetlar va texnikaga 5% çegirma: smartfonlar, smart-soatlar, planşetlar, kompyuterlar, aqlli uy
Osnova — birinçi oy öqiş bepul, ikkinçi oydan 50% çegirma
VIP-qöllab-quvvatlaş — koll-markazda ustuvor xizmat körsatiş
Reklama yöq — butun obuna davri davomida ilovada reklamani öçiriş
TBC Plus
TBC Plus — yaqinda işga tuşirilgan, bozorda öziga xos mahsulot bölgan obuna. U bank içidagi qöşimça qiymatga ega xizmatlarga, jumladan keşbek, loyallik dasturi va ilovadagi kengaytirilgan imkoniyatlarga kirişni ta’minlaydi.
TBC Plus nimalarni öz içiga oladi:
Salom Card orqali terminallarda tölanganida 1% keşbek – qahvaxona, dökon va boşqa savdo nuqtalarida, oyiga 500 000 sömgaça. Salom Visa kartasida keşbek jamlanadi: 1% Visa + 1% TBC Plus = bir xarid uçun 2%. Salom Card hamkorlarida keşbek 5%ni taşkil etadi.
Hisob-Kitob — barça tranzaksiyalar tarixi, barça kartalarni boşqariş, xarajatlarning batafsil tahlili.
Köproq mukofotlar —TBC Stars dasturida tölov uçun ikki karra köp yulduzlar, TBC Friends referal dasturida kengaytirilgan limit (Salom Visa kartasi uçun 30 000 söm yoki TBC Plus ulangani uçun 10 000 söm – ilk 5-10 nafar döst uçun tölanadi).
Yandex Plus — filmlar, musiqa, podkastlar.
Har hafta Safia dan bepul qahva — obuna narxi oyiga 29 999 sömligi hisobga olinsa, har hafta bir marta bepul qahva obuna narxini qoplaydi.
Xarajatlarni qanday kuzatiş mumkin?
Uçala obuna ham kartalar böyiça amaliyotlar tarixini köriş imkonini beradi, lekin funksiyalar hajmi farqlanadi.
Click Premium kartalar tarixi, hisobotlar va filtrlarni taqdim etadi; monitoring obunasiz oyiga 4 500 söm turadi.
Payme Plus xarajatlar toifasini, diagrammani körsatadi va Excel ga eksport qiladi; monitoring barça tariflarda bor hamda oyiga 4 990 sömga alohida yoqiş mumkin.
Hambi Smart ilova orqali bazaviy monitoringni taklif qiladi.
TBC Plus Hisob-Kitob Plus ni öz içiga oladi — tranzaksiyalarning töliq tarixi, xarajatlar tahlili va toifasi, budjet yuritiş.
Payme ma’lumotlariga köra, ilovadagi eng köp uçraydigan ssenariy — bu balansni tekşiriş, keyingi örinda xarajatlar monitoringini oçiş turadi. Foydalanuvçilar bu bölimga muntazam kirişadi.
Alohida «Monitoring» xizmati Payme Plus turkumidagi eng ommabop mahsulotga aylandi: obunaçilarning taxminan 40 foizi aynan uni tanlaydi. Ötkazmalar hajmi katta bölmagan foydalanuvçilar uçun monitoring ulanişning asosiy sababi bölişi mumkin.
Obunalar orqali nimalarni köriş mumkin?
Obunalar kontent tarkibi bilan farq qiladi.
Yandex Plus
Payme Plus «Hammasi içida» tarifi tölaqonli Yandex Plus obunasini beradi. Nimalar kiritilgan:
Yandex Plus obunasi alohida oyiga 9 999 söm turadi.
Hambi Smart - KINOM
Hambi Smart KINOM obunasini öz içiga oladi:
AMEDIATEKA —HBO seriallari, yangi kino va seriallar
Özbek film va seriallari
TV-kanallar
Obuna qaçon özini oqlaydi?
Obunadan foydalanişdagi tejamkorlik foydalanuvçi undagi funksiyalarni qay darajada faol işlatişiga boğliq.
Click Premium oyiga 5 mln sömdan ortiq ötkazmalar qilinganda özini oqlaydi — komissiyalar böyiça tejamkorlik obuna narxi bilan teng darajaga yetadi. Bundan taşqari, kartaga ötkazib oliş mumkin bölgan keşbek hamda aloqa va kommunal tölovlar uçun oşirilgan stavkalar foyda beradi.
TBC Plus keşbekka asoslangan: Salom Card orqali qilingan barça xaridlardan 1% qaytariladi. Karta orqali oyiga 3–4 mln sömdan ortiq xarajat qilsangiz, obuna özini oqlaydi. Qöşimça ravişda — bepul ötkazmalar va ustuvor qöllab-quvvatlaş mavjud.
Payme Plus «Hammasi içida» agar bir vaqtning özida bir neçta funksiya: bepul ötkazmalar, tölovlar va strimingdan muntazam foydalansangiz samarali. Obuna ilovani oyda bir marta oçadiganlarga emas, kundalik vazifalarini Payme orqali hal qiladiganlarga möljallangan.
Hambi Smart minimal tölov evaziga eng katta P2P limitini beradi, şu bois oyiga 20 mln sömdan ortiq pul ötkazmalarida foydali. Qöşimçasiga — KINOM va BeeMarket da çegirma.
Payme tahlili obuna foydali bölişi mumkin bölgan ikkita ssenariyni körsatadi:
Tez-tez pul ötkazasiz va bepul limit çegarasidan çiqib ketasiz — ana şunda komissiyalardan tejaş obuna narxini qoplaydi.
Bonuslardan foydalanasiz: keşbek, striming, xarajatlar monitoringi — şunda foyda oylik tölovdan köproq böladi.
Quyidagi hollarda obuna besamar böladi:
Oyiga 1–2 marta pul ötkazasiz va ilovadan kam foydalanasiz.
Töliq paketni ulagansiz, lekin faqat bazaviy funksiyalardan foydalanasiz — striming körmaysiz, keşbekni faollaştirmagansiz.
Payme ma’lumotiga köra, foydalanuvçilar tez-tez yöl qöyadigan xato — bu karta va xizmatlarni sozlamasdan obunani yoqiş hamda ilovadan faol foydalanmagani uçun töplangan keşbeklarni yöqotiş.
Obuna bölişdan avval nimalarga e’tibor beriş kerak?
Bir oyda qança pul ötkazişingizni va P2P uçun qança komissiya tölaşingizni hisoblang. Agar summa 3–5 mln sömdan kam bölsa, komissiyalardan tejaş obuna narxidan oz bölişi mumkin.
Striming va qöşimça xizmatlardan foydalaniş böyiça bir qarorga keling. Agar kontent kerak bölmasa, u ortiqça xarajat böladi xolos.
Ofertani örganib çiqing: limitdan oşib ketganida komissiya qanday hisoblanadi, obuna uçun pul qaytarilişi mavjudmi, arizani qança muddatga beriş mumkin.
Keşbek şartlarini köring: u qayerga tuşadi, yeçib oliş mumkinmi, qaçon kuyib ketadi.
Sinov davridan foydalaning: Payme 30 kun bepul, Hambi — birinçi oy uçun 1 söm.
Oy yakuni böyiça statistikani köring: komissiyalar va keşbeklardan qança pul tejadingiz va qaysi funksiyalardan foydalandingiz.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi