Amerikalik milliarder va atrof-muhit himoyaçisi Duglas Tompkinsning bevasi Argentinaga 23,7 ming gektar yer hadya qildi. Respublika prezidenti Maurisio Makrining ma'lum qilişiça, yer maydonlari mamlakatning şimoli-şarqidagi Korriyentes provinsiyasida yaratilişi rejalaştirilayotgan Iberning Ekosayyohlik parkiga qöşiladi.

Davlat rahbari tabiatni muhofaza qiluvçi yangi loyiha Argentinadagi eng katta milliy park bölişini ta'kidladi. Hukumat rejasiga köra, parkning yaratilişi qöşimça sayyohlar oqimini jalb qiladi va 20 ming yangi iş örinlari yaratilişini ta'minlaydi. Yaqin uç yilda  Kristin Makdevit-Tompkins boşçiligidagi Conservation Land Trust fondi Argentina hukumatiga yana 120 ming gektardan ortiq yer tortiq qilişi rejalaştirmoqda. 

2016 yilning yanvarida Makdevit-Tompkins mamlakat janubida milliy park yaratilişi şarti bilan Çili davlatiga 400 ming gektar yer sovğa qilişi haqida ma'lum qilgandi.

Amerikalik millioner North Face va Esprit libos rusumlari asosçilaridan biri bölgan. 1980 yillarda u tadbirkorlik faoliyatini tugallab, Çili janubiga köçib ötgan va tabiatni muhofaza qiluvçi loyihalar bilan şuğullangan. Tompkins kelajakda milliy parklar yaratiş maqsadida Çili va Argentina Patagoniyasida katta hududlarni xarid qilgan.

Millioner 2015 yilda sovuq ötişi natijasida halok bölgan. U hamda bir neça sayyoh bölgan qayiq Çili va Argentina çegarasidagi Heneral-Kerrera kölida ağdarilib ketgan. Vertolyotda yetib kelgan qutqaruvçilar 72 yoşli Tompkinsni şifoxonaga yetkazişdi, biroq uning hayotini saqlab qolişning iloji bölmagan.