DW xabariga köra, Polşa mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamiş hujum Ukraina ğarbida sodir bölganini maʼlum qilgan. Keyinroq xavf signali bekor qilinib, samolyotlar bazaga qaytgan, havo mudofaasi tizimlari esa kuzatuv va kutiş rejimiga ötgan.
Polşa aeronavigatsiya xizmati agentligi - PANSA maʼlumotiga köra, harbiy aviatsiyaning erkin harakatlanişini taʼminlaş uçun mamlakat şarqidagi Lyublin va Jeşuv aeroportlari faoliyati taxminan 40 daqiqaga töxtatilgan.
Terminalga kirişdagi nazorat binosi şikastlangani xabar qilindi
Volin viloyati harbiy maʼmuriyati rahbari Roman Romanyuk Shahed droni hujumi oqibatida portlaş tölqini terminalga kirişdagi nazorat-ötkaziş punkti binosiga zarar yetkazganini bildirgan.
Uning maʼlum qilişiça, jabrlanganlar yoki halok bölganlar haqida xabar kelib tuşmagan.
Ayni paytda, Ukraina Davlat çegara xizmati vakili Andrey Demçenko DWʼga bergan izohida Polşa bilan çegaradagi ötkaziş punkti şikastlanmaganini aytgan.
Rossiya dronlari sentabr oyida ham Polşaga çegaradoş Ukraina hududlariga zarba bergan edi. Xususan, 13-sentabr kuni bir dron çegara yaqinidagi yoqilği quyiş şoxobçasiga, boşqasi esa Yagodin stansiyasidagi Kiyev - Varşava yölovçi poyezdi lokomotiviga urilgan.
17-sentabr kuni ham yana bir zarba qayd etilgan. Polşa boş vaziri Donald Tusk öşanda, ehtimol, yonilği quyiş şoxobçasi yana hujumga uçraganini aytgan.
Polşa havo nişonlariga öt oçiş tartibini özgartirmoqçi
28-sentabrdagi hujumdan bir neça soat avval Polşa mudofaa vaziri örinbosari Sezariy Tomçik mamlakat havo hududida xorijiy uçiş apparatlari kutilmaganda paydo bölgan taqdirda harakat qiliş tartibi özgartirilişini maʼlum qilgan.
Uning sözlariga köra, bunday nişonga öt oçiş uçun uni köz bilan körib aniqlaş şartidan voz keçiş rejalaştirilmoqda. Buning örniga nişon xususiyatini yetarliça yuqori işonç bilan aniqlaş imkonini beradigan maʼlumotlar majmuasiga tayaniş taklif etilmoqda.

















