Avstriya poytaxti Vena shahrida turklar va chechenlar guruhlari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv ro‘y berdi. Bu haqda The Local xabar tarqatgan.
Internet-kafe oldida ro‘y bergan mushtlashuvda kamida 20 kishi ishtirok etgan. Qayd etilishicha, chechenlardan birida tig‘li qurol bo‘lgan.
Janjal vaqtida Serbiya fuqarosi bo‘lgan shaxs tramvay ostida qolib ketgan.
Hozirda politsiya u tramvay yo‘liga qay tarzda tushib qolganini tekshirmoqda. Shuningdek, uning mushtlashuv ishtirokchilaridan biri bo‘lgani yoki oddiy o‘tkinchi bo‘lgani aniqlashtirilmoqda.
Uni zudlik bilan shifoxonaga yotqizishgan.











