Rossiya federatsiyasining Moskva va Sankt-Peterburg şaharlarida Özbekistondan Rossiyaga meva va sabzavotlar yetkazib beriş böyiça savdo uylari taşkil etiladi. Bu haqda «Özbekoziqovqatxolding» kompaniyasi xabar bergan.

Kompaniya xabarida qayd etilişiça, «Özbekoziqovqatxolding» XK va «FinInvest Konsalting» MÇJ hamkorligida Sankt-Peterburgda savdo uyi oçiladi. Unda Özbekiston vakillari uluşi 51 foiz, Rossiya tomoni uluşi 49 foizni taşkil qiladi. Ayni vaqtda muassislar tegişli hujjatlarni tayyorlab, ularni imzolaş arafasida turişibdi.

Şuningdek, «Sibirskiy alyans» kompaniyasi va «Özbekoziqovqatxolding» XK  kelişilgan şartnomalarni amalga oşiriş maqsadida Moskvada savdo uyi taşkil qiliş borasida kerakli hujjatlarni Rossiya Federatsiyasining röyxatdan ötiş organiga yuborgan.

Savdo uylari oçilişi Özbekiston-Rossiya işçi guruhining Özbekistondan Rossiyaga meva-sabzavotlar yetkazib beriş haqidagi muzokaralari natijasi bölgan.

«Sibirskiy alyans» Özbekistonda «Özmevasabzavotxolding» bilan birgalikda qöşma korxona taşkil qilişni rejalaştirgan va şu bilan bir vaqtda Özbekistondan olib kelingan yangi va qayta işlangan meva-sabzavot hamda göşt-sut mahsulotlarini  sotiş uçun Rossiyaning Ulgurji-taqsimlaş markazlari milliy assotsiatsiyasi bilan şartnoma imzolagan.

Hujjat uşbu loyihalarga töğridan-töğri çet el sarmoyalarini jalb qilişni közda tutgan. Ötkazilgan muzokalarlar natijasida Özbekistondan olib kelingan mahsulotlarni Rossiyaning «Magnit» («Tender») va X5 Retail Group savdo tarmoqlari orqali sotiş haqida ham şartnomalar imzolangan. Şartnoma qiymati 10 mln dollarni taşkil etişi aytilgan.

Şuningdek, «Agro-Layn» bilan muzokaralar olib borilmoqda. Tomonlar Özbekiston hududida oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlaş va qadoqlaş işlari olib boriş bilan şuğullanuvçi qöşma korxona tuzişni möljallagan.

Biroz oldin, Özbekistondan olib kelinayotgan meva-sabzavotlar uçun bojxona nazorati va fitosanitar rasmiylaştiriş jarayonlarining osonlaştirilgani haqida xabar berilgan edi.

Körilgan uşbu çoralar va kelişuvlar natijasida bu yil Özbekistondan Rossiyaga olib kelinayotgan mahsulotlar hajmi 2 baravar ösgan.

Şunga qaramasdan ayrim muammolar ham kuzatilmoqda. Ular orasida mahsulot taşiş narxi va Yevroosiyo mamlakatlari orqali tranzit ötiş tariflari qimmatligi hamda çegara karantin muddati uzoqligi qayd etilmoqda. Şuningdek, mahsulot kam miqdorda olib kelinganda uning narxi qimmatlaşib ketişi ham qayd etilgan.