Disney kinostudiyasi «Qirol Şer» multfilmini suratga olişni rejalaştirayotganini tasdiqladi. Kartina rejissyori etib Jon Favro tayinlangan. Bu haqda kompaniyaning rasmiy saytida ma'lum qilingan.
Disney vakillarining xabar berişlariça, “Qirol Şer”ni suratga oliş, şunga öxşaş kartinalar, masalan, “Jungley kitobi”, “Malefisenta” va “Oppoğoy”, şuningdek, 2017 yil katta ekranlarga çiqadigan “Sohibjamol va mahluq” kartinalarining muvaffaqiyati bilan boğliq.
Yangi “Qirol Şer” özida original multfilmdan bir qança qöşiq va musiqalarni mujassamlaştiradi. Uning ekranlarga çiqiş sanasiga oydinlik kiritilmagan.
Ma'lumot uçun: “Qirol Şer” — Disney kinostudiyasining dunyoga maşhur va ommabop kartinalaridan biri hisoblanadi. 1994 yilda u multfilmlar uçun rekord summa, deyarli milliard dollar mablağ jamğargan edi. Film ikkita «Oskar», uçta «Oltin globus» va uçta «Gremmi» mukofotlarini qölga kiritgan. Uning saundtreki ustida Xans Tsimmer va Elton Jonlar işlagan.







