Disney kompaniyasining sobiq xodimi Maykl Şoyyer işdan böşatilganidan keyin Walt Disney World köngiloçar boği restoranlaridagi menyuni boşqariş tizimiga kirib, tarkibida allergen mahsulotlar mavjud ayrim taomlarga oid ma’lumotlarni özgartirib qöyganlikda gumonlanmoqda.

Hujjatlarda gap qaysi kompaniya haqida ketayotgani oçiqlanmagan, ammo Şoyyerning advokati bu aynan Disney ekanini tasdiqlagan. Da’vo arizasida qayd etilişiça, Şoyyer bir neça bor tizimga kirgan va menyuga oid «ma’lumotlarni boşqargan». Ya’ni u ba’zi mahsulotlarni yeryonğoqqa allergiyasi bor insonlarga xavfsiz deya özgartirib çiqqan — bu hatto mijozlarning ölimiga olib kelişi mumkin edi. Bundan taşqari, Şoyyer taomlar narxini özgartirib, menyudagi ayrim bandlarga haqoratli sözlarni qöşgan. Da’voda keltirilişiça, bir safar u dasturiy ta’minotni bir neça haftaga işdan ham çiqargan.

Şuningdek, Şoyyer restorandan taşqaridagi reklama bannerlariga joylaştirilgan QR-kodlarni özgartirib, uni boycott-israel.org saytiga yönaltirgan.

Disney’dagilar ma’lumotlari özgartirilgan menyu çop etilganidan keyin, ammo ular hali restoranlarga tarqatilmasidan oldin payqab qolişgan.

Menyu inventarizatsiya tizimi Disney uçun maxsus işlab çiqilgan. Da’voda ta’kidlanişiça, Şoyyer özida qolib ketgan parollardan foydalanib, unga kirgan. Şundan keyin Disney kompaniyasi tizimga kiradigan barça parollarni özgartirgan.

Şoyyerni himoya qilayotgan advokatning sözlariga köra, mazkur holat oqibatida heç kimga zarar yetmagan. Kompaniyadagilar esa vaziyatga izoh bermagan.

Disney kompaniyasiga nisbatan Nyu-Yorkda yaşaydigan fuqaro tomonidan kiritilgan alohida da’vo ham körib çiqilmoqda. Uning rafiqasi Walt Disney Parks and Resors kurortida joylaşgan Raglan Road pabidagi keçki ovqatda yuz bergan allergiyadan keyin vafot etgan. Ayolning yonğoq va sut mahsulotlariga allergiyasi bölgan va u taomlanişdan oldin ofitsiantdan buyurtma qilingan ovqatda allergenlar bor-yöqligini aniqlaştirib olgan. Ofitsant allergiya qözğatuvçi mahsulotlar yöqligini aytgan, ammo keçki ovqatdan keyin ayolning ahvoli oğirlaşgan va şifokorlar uning hayotini saqlab qola olmagan.