Walt Disney örta böğindagi menejer ayollarga şu lavozimdagi erkaklarga nisbatan tizimli ravişda kam maoş tölab kelganiga oid mojaroni hal etiş uçun 43,3 million dollar tölaydigan böldi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.
Qayd etilişiça, bunday qaror 2019 yilda menejer Laronda Rasmussen Disney’ga nisbatan ilgari surgan da’vosi sabab boşlangan sud jarayoniga yakun yasaşi mumkin. Hozirda ham kompaniyada faoliyat yuritayotgan ayolning da’vosiga keyinçalik yana töqqiz kişi qöşilgan.
Da’voda ta’kidlanişiça, Disney qariyb 10 yil mobaynida örta böğindagi menejer ayollarga xuddi ular kabi tajriba va könikmaga ega erkaklarga nisbatan qariyb 151 million dollar kamroq maoş tölagan.
Disney mazkur ayblovni rad etadi va mojaroni hal etiş yölida e’tirozlarni tan olmaydi. «Biz doim öz xodimlarimizga adolatli maoş tölaşga intilganmiz», — deyiladi kompaniya bayonotida.
Disney’ning mojaroni hal etiş böyiça da’vogarlar bilan bitimi sudya tomonidan ma’qullanişi kerak. Uning imzolanişi kompaniyaga sud hay’ati iştirokidagi jarayonlardan qutulib qoliş imkonini beradi.
26 noyabr kungi savdolarda Disney aksiyalari qiymati 0,2 foizga tuşib ketgan, yil boşidan beri esa ularning qiymati 28,5 foizga oşgan.

















