Ukraina Havo kuçlariga qaraşli F-16 qiruvçi samolyoti 29 iyul kuni frontda jangovar topşiriqni bajarayotgan vaqtda halokatga uçradi. Harbiylar ma’lumotiga köra, samolyot Rossiyaning havodan qilingan hujum vositalarini tutib qoliş vazifasini bajarayotgan paytda bortda favqulodda holat yuzaga kelgan.
Ukraina Havo kuçlari tarqatgan bayonotda aytilişiça, uçuvçi vaziyat oğirlaşgaç, katapultadan foydalanişga majbur bölgan. Qutqaruv guruhlari uni tez orada evakuatsiya qilib, tibbiy körik va diagnostika uçun şifoxonaga yetkazgan. Hozirça uning hayotiga xavf yöq.
Harbiylar ta’kidlaşiça, samolyot halokatga uçragan hududda tinç aholi orasida qurbonlar yoki vayrongarçilik qayd etilmagan. Hodisa joyida mutaxassislar va huquqni muhofaza qiluvçi idoralar iş olib bormoqda. Samolyotning qulaşiga nima sabab bölgani yuzasidan tekşiruv tayinlangan.
F-16 qiruvçilari Ukrainaga 2024 yil avgust oyi boşida Daniya va Niderlandiya boşçiligidagi Yevropa davlatlari koalitsiyasi tomonidan yetkazib berilgan edi. Dastlabki bosqiçda Ukraina 10 ta samolyot qabul qilgan, keyinçalik esa parkni kengaytiriş rejalaştirilgan. Ukraina uçuvçilari mazkur samolyotlarni boşqariş böyiça AQŞda tayyorgarlikdan ötgan.
Bu Ukraina tomonidan yöqotilgan törtinçi F-16 hisoblanadi. Birinçi samolyot 2024 yil 29 avgust kuni Rossiyaning ommaviy raketa hujumini qaytariş vaqtida qulagan, uçuvçi Aleksey Mes halok bölgan.
Ikkinçi F-16 2025 yil 12 aprel kuni jangovar vazifani bajarayotgan vaqtda halokatga uçragan. Uçuvçi Pavlo Ivanov ham halok bölgan va unga, Aleksey Mes kabi, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy tomonidan vafotidan söng «Ukraina Qahramoni» unvoni berilgan.
Uçinçi F-16 esa 2025 yil 16 may kuni Rossiya dronlari hujumini qaytariş çoğida yöqotilgan edi.
Mutaxassislar qayd etişiça, ğarbda işlab çiqarilgan F-16 qiruvçilari Ukraina havo mudofaasi tizimining muhim qismi hisoblanadi. Şu bois har bir samolyotning yöqotilişi mamlakatning havo himoyasi imkoniyatlari uçun sezilarli talafot sifatida baholanmoqda.

















