18-avgust kuni Osiyo futbol konfederatsiyasining Kuala-Lumpurdagi qarorgohida Elit Osiyo Çempionlar Ligasi musobaqasi uçun qur’a taşlaş marosimi bölib ötdi. Unda Farğonaning «Neftçi» va Toşkentning «Paxtakor» klublarining liga bosqiçidagi raqiblari ma’lum böldi.
Qur’a yakunlariga köra, Özbekistonning amaldagi çempionlari bölmiş «Neftçi» Saudiya Arabistonining biratöla 5 jamoasiga qarşi öyinlar ötkazadi: «Al Ahli», «Al Hilol» va «Al Ittihod»ga qarşi uyda, «An Nasr» va «Al Qodisiya»ga qarşi safarda. Bundan taşqari, uyda Iroqning «Eyr Fors», safarda Eronning «Istiqlol» hamda «Traktor» klublariga qarşi öyinlar kutmoqda.

Ya’ni, Ayven Touni («Al Ahli»), Karim Benzema, Darvin Nunes, Ruben Neveş («Al Hilol») va Yusuf An-Nosiriy («Al Ittihod») kabi yulduzli futbolçilar Farğonaga kelişi mumkin.
Özbekiston kubogi sohibi sifatida turnirga yöllanma olgan (saralaş bosqiçi orqali) «Paxtakor» ham Saudiya Arabistonining ayni şu klublariga qarşi öynaydi: uyda «An Nasr» va «Al Qodisiya»ga, safarda «Al Ahli», «Al Hilol» va «Al Ittihod»ga qarşi. Şuningdek, Toşkentda Eronning «Istiqlol» va «Traktor» klublari mehmon böladi, toşkentliklar jamoasi «Eyr Fors»ga qarşi öyin uçun Iroqqa safar qiladi.

Şu tariqa, özbekistonlik muxlislar Toşkentda «An Nasr» yulduzlari – Kriştianu Ronaldu, Sadio Mane, Kingsli Koman va Joau Feliks, şuningdek, «Al Qodisiya»dagi Mateo Retegi, Xulian Kiniones va Otavio kabi yulduz futbolçilar öyinlariga guvoh bölişi mumkin.
Şu kuni Qarşining «Nasaf» klubi ham Osiyo Çempionlar Ligasi 2 turniri guruh bosqiçidagi raqiblarini bilib oldi. Unga köra, qarşiliklar A guruhidan joy oldi. «Ajdarlar»ga uşbu guruhda BAAning «Al-Vahda», Kuvaytning «Kuvayt SK» va Bahraynning «Al-Xaldiya» klublari raqiblik qiladi.

Hozirça turnirlar taqvimi e’lon qilinmadi.








