Özbekiston hukumati 10 sentabr kuni 2016−2020 yillarda tibbiyot taşkilotlari tuzilmasini yanada optimallaştiriş va soğliqni saqlaş tizimi tibbiyot xodimlari mehnatiga haq tölaş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisidagi qarorni e'lon qildi.

Hujjatda ayrim tibbiyot taşkilotlarini tuman (şahar) tibbiyot birlaşmalariga va mintaqaviy köp tarmoqli tibbiyot markazlariga qöşiş (30 ta muassasaga taalluqli), ularga tegişli funksiyalarni va ştatdagi xodimlar sonini beriş, qayta taşkil etiş va tugatiş yöli bilan ayrim tibbiyot taşkilotlarini optimallaştiriş, sil kasalliklariga qarşi muassasalar binolarini rekonstruksiya qiliş tugallanişiga köra ularning koykalar fondini qisqartiriş (6592 tadan 1450 taga), ayrim tibbiyot taşkilotlarida tölov asosida tibbiy xizmatlar körsatişdan tuşadigan byudjyetdan taşqari mablağlar hisobiga ta'minlanadigan koykalar fondi uluşini va bemorlarni qabul qiliş quvvatlarini bosqiçma-bosqiç köpaytiriş közda tutilgan.

Yaqin muddatlarda tibbiyot taşkilotlarining yangilangan ştat normativlari tasdiqlanadi. Ularda markaziy tuman (şahar) köp tarmoqli poliklinikalari, «tez tibbiy yordam» xizmatlari, qon quyiş bölimlari, şuningdek davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari tibbiyot xodimlarining iş yuklamasi normalarini, ularning zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlanganligi darajasi bilan boğlab, diagnostika, davolaş va laboratoriya tadqiqotlarining ilğor texnologiyalari va metodlari joriy etilişini hisobga olgan holda qayta körib çiqiladi.

Şuningdek, şifokor nazoratini keça-kunduz davomida taşkil etiş hisobiga, xizmat körsatiladigan kontingent xususiyatidan kelib çiqqan holda, mazkur taşkilotlar uçun qöşimça ravişda 246 nafar vraç hamda 149 nafar örta va kiçik tibbiyot xodimi lavozimlari ajratib, tibbiy-ijtimoiy muassasalar tomonidan körsatiladigan tibbiy yordam kuçaytiriladi.

«Gazeta.uz» xabariga köra, 1 dekabrga qadar 2000 aholi hisobiga 1,5 lavozim birligi ştat normatividan kelib çiqqan holda qişloq vraçlik punktlarini va oilaviy poliklinikalarni patronaj hamşiralar bilan qöşimça ravişda töldiriladi.

Tibbiyot taşkilotlari tuzilmasini optimallaştiriş natijasida böşaydigan mablağlar tibbiy-ijtimoiy muassasalarda qöşimça xodimlar sonini joriy etiş böyiça xarajatlarni qoplaş, tibbiyot taşkilotlarining dori-darmon preparatlari va reaktivlar, inventarlar, sarflaş materiallari va uskunalarga ehtiyot qismlar bilan ta'minlanganligini yaxşilaş, takomillaştirilgan tarif setkasi böyiça mehnatga haq tölaş razryadlarini, şuningdek alohida mehnat şaroitlari uçun qöşimça haq va tarif stavkalariga (lavozim maoşlariga) har oylik maxsus ustamalar miqdorlarini oşiriş hisobiga tibbiyot taşkilotlari xodimlarining ayrim toifalari iş haqini oşirişga yönaltiriladi.