«Davlatda a'yonlarning ko‘pligi bir bemor atrofidagi ko‘plab tabiblarni eslatadi: ularning har biri o‘z haqligini isbotlash bilan ovora, bemor esa davo topmay halak».

Tarixchi Publiy Korneliy Tatsit milodiy birinchi asrda shu gaplarni yozib qoldirgan. Bu so‘zlar hozir ham ahamiyatini yo‘qotmagan.

O‘zbekistonda oxirgi vaqtda shunday tendensiya kuzatilmoqda: biror muammo kun tartibiga chiqsa va uni hal qilish zarurati haqida siyosiy doira faol gapira boshlasa, yechim yo‘li ko‘pincha bir xil bo‘ladi: shu muammo bilan shug‘ullanuvchi yangi davlat idorasi tashkil etiladi. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi singari.

Tabiiy savol tug‘iladi: yangi idora tashkil etish muammo uchun yechim bo‘la oladimi? Hukumatning bu taxlit «semirib borishi» boshqa muammolarni ham keltirib chiqarishi mumkinmi?

Gov.uz hukumat portali ma'lumotlariga ko‘ra, hozir O‘zbekiston Respublikasi hukumati (ijro apparati)ni quyidagilar tashkil etadi:

– 24ta vazirlik;

– Vazirlar Mahkamasi tarkibida 10ta davlat qo‘mitasi;

– 11ta agentlik;

– Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 5ta qo‘mita;

– VM va vazirliklar huzuridagi 5ta markaz va 4ta inspeksiya;

– 2ta markaziy muassasa;

– 4ta departament.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi tarkibida turli yo‘nalishlardagi kotibiyatlar ham mavjud. Raqamlar kichik emas.

«Davlat apparatining semirishi fuqarolik faolligini siqib chiqarishi mumkin»

Vebster universitetida ad'yunkt-professor, fuqarolik jamiyati bo‘yicha mutaxassis Nozima Davletova hukumatning tarkib jihatdan kengayib borishi bo‘yicha o‘z mulohazalarini bildirdi:

So‘nggi vaqtlarda davlat idoralarining soni chindan ham ortib boryapti. Ammo ba'zi istisnolarni aytmasa, idoralarning ish sifati haqida ham ayni shuni ayta olmaymiz. Davlat sektorining bugungi kundagi asosiy muammolari sifatida