Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada turmadan 200 mahbus qochdi
Braziliyada turmadan kamida 200 mahbus qochdi, deb xabar bermoqda mahalliy OAV.
Voqea San-Paulu shtatidagi Jardinopolis munitsipalitetida yuz bergan. Qochoqlik turmada mahbuslar bosh ko‘targanidan keyin sodir etilgan: mahbuslar matraslarni yoqib, to‘siqning to‘rt metrlik to‘rini yirtib, qocha boshlashgan.
Qo‘riqchilar ularga qarata o‘q uzishgan. Qochoqlar yon atrofdagi munitsipalitetlardan qidirilmoqda. Bir necha mahbus tutilgan, bir mahbus qochish vaqtida halok bo‘lgan.
Mahbuslar turmaning me'yoridan to‘lgani sababli bosh ko‘tarishgan. Hozirda turmadan me'yordagidan 800 nafar ko‘proq mahbus saqlanadi.
Mavzuga oid
18:52 / 24.06.2026
Chexlarga sensatsiya kerak, Braziliya va Koreyaga durang ham yetadi. A, V va C guruhlarida vaziyat qanday?
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
20:23 / 15.06.2026
Braziliyadagi attraksionda ayol 40 metr balandlikdan xavfsizlik arqonisiz otib yuborildi
08:49 / 15.06.2026