Braziliyada 21 yoşli ayol xavfsizlik arqoni boğlanmagan holda balandlikdan sakraş oqibatida halok böldi, deb xabar berdi CBS News.

Baxtsiz hodisa 13 iyun kuni San-Paulu ştatida joylaşgan «Skelet köprigi» attraksionida yuz bergan. Internetda tarqalgan videoda ikki erkak ayolni baland kötarib, jarlikka uloqtirganini köriş mumkin. Atrofdagilar qizga xavfsizlik arqoni ulanmaganini payqab, «Yigitlar, arqon!» deb baqirgan. Ammo endi keç edi, ayol 40 metr balandlikdan pastga qulab halok böldi.

Hodisadan keyin uç nafar erkak qasddan odam öldiriş ayblovi bilan hibsga olingan. Rasmiylarning bildirişiça, tergov yakunida ularga qotillik ayblovi qöyilişi mumkin. Hozir hodisa tafsilotlarini aniqlaş va javobgarlikni belgilaş böyiça tergov harakatlari davom etmoqda.

Mahalliy matbuot qurbon bölgan ayol 21 yoşli Mariya Eduardu Rodriges de Freitaş ekani haqida yozdi. U 14 iyun kuni San-Pauluda dafn etildi.

Qayd qilinişiça, uşbu köprikdagi attraksion Entre Cordas kompaniyasi tomonidan noqonuniy taşkil etilgan.

Rope jumping deb nomlanuvçi uşbu ekstremal sport turida kamroq çöziluvçan arqondan foydalaniladi. Şuning uçun odam sakraganda yuqoridan pastga qarab emas, balki arğimçoq kabi oldinga va orqaga tebranadi.

Uşbu sport turining asosçisi hisoblangan amerikalik Den Usmon 1998 yilda 35 yoşida aynan rope jumping vaqtida halok bölgan edi.