Kökrak bezi saratoni - ayollar kasalligi bölib, aksariyat hollarda bu kasallik keç aniqlanadi, çunki uning belgilariga yetarliça ahamiyat berilmaydi, aynan şunisi bilan ham u xavfli hisoblanadi. Kasalni davolagandan köra uning oldini olgan yaxşi. Bestfeel naşrida taqdim etilgan maqolada kökrak bezi saratoni avj olmasligi uçun organizmning qaysi belgilariga ahamiyat qaratiş lozimligi bayon etildi.
Bir vaqtning özida quyida keltirilgan belgilarning aksariyatini his qilsangiz, şifokor körigidan ötişni unutmang!
1. Ajralmalar
Agar kökrak uçida oğriq his qilsangiz, undan ajralmalar çiqayotganini körsangiz (kökrak sutidan taşqari), bu kökrak bezi saratonining belgilari bölişi mumkin.
2. Teri tarkibining özgarişi
Mutaxassislarning sözlariga köra, saratonning bu turiga yöliqqan ayollarning kökrak sohasidagi terisi apelsin pöstloğiga öxşab ketadi.
3. Doimiy oğriq
Oğriqni qoldiruvçi va antibiotik dori vositalari ta'sir qilmagan kökrak sohasidagi oğriqqa e'tiborli böling.
4. Yötal va nafas olişning qiyinlaşuvi
Kökrak bezi saratonining belgilaridan biri şamollaş yoki gripp bilan boğliq bölmagan tuşunarsiz va sababsiz yötal xurujlari.
3. Siydik tarkibi va içakdagi özgarişlar
Sizni sababsiz qabziyat yoki içburuğ qiynayaptimi? Bu kökrak bezi saratoniga doir tekşiruvlardan ötişingiz uçun asosli sabab böla oladi.
6. Holsizlik
Kökrak bezi saratoniga çalingan ayollarda holsizlik, tez çarçaş beliglari kuzatiladi. Bunda ularning 8 soatdan kam yoki köp uxlaşi ahamiyatsiz.
7. Vazndagi özgarişlar

Oxirgi paytlarda keskin ozib yoki tölişib ketganingizni sezsangiz, özingizga "nima uçun?" degan savolni berib köring.












