«Tibbiy yordamga muhtoj 44 mingdan ziyod xotin-qizlar bilan işlaşning alohida tizimini yaratiş zarur. «Ayollar daftari»ga kirgan 44 ming nafar xotin-qizlarni alohida nazoratga olib, ularni ikki hafta muddatda tibbiyot brigadalariga biriktiriş kerak. Bunda kasallikning turiga qarab, tor doiradagi şifokorlarni jalb qilgan holda, ularni davolaşni boşlaş zarur.

Tibbiy himoyaga muhtojlar nisbatan eng köp Toşkent va Jizzax viloyatlarida – 5 ming nafardan, Toşkent şahri va Samarqandda – 4 ming nafardan, Surxondaryo va Farğonada – 3,5 ming, Andijonda – 3 mingni taşkil etadi.

Tanzila Norboyeva va Elmira Bositxonova joriy yil yakuniga qadar qariyb 9 million xotin-qizlarni çuqurlaştirilgan tibbiy körikdan, jumladan, kökrak bezi va ayollar kasalliklar saratoni skriningini ötkazişi hamda kasallik aniqlanganlarda maqsadli soğlomlaştiriş çoralari körilişiga mas'ul.

Qoraqalpoğistonda – 39 ming, Andijonda – 79 ming, Buxoroda – 41 ming, Jizzaxda – 37 ming, Navoiyda – 22 ming, Qaşqadaryoda – 85 ming, Namanganda – 75 ming, Samarqandda – 96 ming, Sirdaryoda – 21 ming, Surxondaryoda – 71 ming, Farğonada – 94 ming, Toşkent viloyatida – 71 ming, Xorazmda – 44 ming, Toşkent şahrida – 51 ming nafar homilador ayollar qat'iy nazoratga olinadi.

Xotin-qizlar orasida onkologik kasalliklarni kamaytiriş maqsadida, Bositxonova joriy yilda 323 ming nafar qizlarni odam papillomasi virusiga qarşi emlaşni taşkillaştiradi.

Bulardan taşqari, bugungi kunda daftarlarga kirgan 1,5 mingdan ziyod ayollar yuqori malakali tibbiy xizmatlarga muhtoj. Ularni murakkab jarrohlik amaliyoti ötkaziş orqali davolaşga 30 milliard söm zarur. Moliya vazirligi bir hafta muddatda Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş jamğarmasidan uşbu mablağlarni ötkazib bersin.

Umuman, ehtiyojmand ayollar davolanişi uçun har yili Xotin-qizlar jamğarmasiga qöşimça 30-50 milliard söm ajratiladi.

Şu bilan birga, joriy yilda 37 ming nafar boquvçisini yöqotgan, 26 ming nafar nogironligi bölgan va özgalar parvarişiga muhtoj xotin-qizlarga bir martalik moddiy yordam ajratiladi.

Misol uçun Farğonada – 4,5 ming nafar, Namangan va Toşkent viloyatlarida – 4 ming nafardan, tumanlar kesimida Şarof Raşidov tumanida – 1,5 ming nafar, Urgutda – 1,3 ming nafar, Farğona şahrida – 650 nafar nogironligi bor ayollarga moddiy yordam beriladi.

Buning uçun, «ayollar daftari»ga kirganlarni qöllab-quvvatlaş jamğarmasidan 80 milliard söm mablağ yönaltiriladi», – dedi davlat rahbari.