BMW kompaniyasi X2 deb nomlanuvçi yangi ixçam krossoverining prototipini Parij avtosaloni doirasida taqdim qildi.

BMW’da kontsept-kar haqida heç qanday texnik tafsilotlar keltirilmadi. Autocar naşrining ma'lum qilişiça, maşinaning uzunligi 4439 mm, eni 1821 mm, balandligi 1598 mm ni taşkil qiladi. Yangi maşina uzunligi va eni böyiça oxirgi avloddagi X1 bilan bir xil, biroq undan 14 mm pastroq böladi.

BMW X2’ning seriyali versiyasi nemis markasining oldi privodli UKL platformasida qurilgan ikkinçi krossoveri böladi. Bu şassi MINI, X1 va 2-Series Active Tourer modellarida işlatiladi.

Maşina 2018 yilning 2-çoragida savdoga çiqarilişi kutilmoqda. U 2 litrli, 191 ot kuçiga ega benzinli turbomotor hamda 150, 190 va 230 ot kuçiga ega 2 litrli dizel dvigatellar bilan taklif qilinadi. Uzatmalar qutisi ikki xil: mexanik va avtomatik böladi. 

Kompaniya rahbariyati X2’ni yaratişga 2015 yil mayida ruxsat bergan. Öşanda yangi modelning intereri X1’niki bilan töliq birxillaştirilişi ma'lum qilingan.