Jamiyat | 14:23 / 30.09.2016
57566
1 daqiqa o‘qiladi

Internetni lol qilgan oltin to‘y: tantanada kelin yevrodan libos kiydi

Slovakiyada istiqomat qiluvchi 19 yoshli Yeva va 20 yoshli Lukasning to‘yida olingan videotasvir Youtube'ning xitiga aylandi. Moddiy farovonlik ko‘z-ko‘z qilingan video bir necha kun ichida 300 mingdan ortiq marta ko‘rildi. 

Rolik "love story" ko‘rinishida yaratilgan bo‘lib, unda avval yoshlarning tanishuvi, ularning oila a'zolari, nikohdan o‘tish marosimi va to‘y bazmi aks ettirilgan lavhalar namoyish etilgan. Noz-ne'matlarga to‘la bazm dasturxoniga alohida urg‘u berilgan.

Rolik yakunida kelinning ko‘ylagi mehmonlar tomonidan 100 hamda 500 yevrolik kupyuralar bilan qoplangan.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid