Tadqiqotçilar iPhone 7 Plus va Samsung Galaxy S7 flagman smartfonlaridan qaysi biri uçta ommaviy syujyetni olişni yaxşiroq uddalay olişini tekşirib kördilar.
Aniqlanişiça, Apple flagmani kunduzi yaxşiroq suratga oladi, biroq tungi vaqt ranglarda qattiq adaşadi va portretlarni olişda ham raqibidan ançagina ortda qolar ekan.
iPhone 7 Plus yoruğlikda va havo oçiq bölganda Samsung Galaxy S7’dan yaxşiroq suratga oladi.

Biroq iPhone 7 Plus tungi vaqt murakkab yoruğlanişga ega obektlarni suratga olişda rangni uzatişda xato qiladi, biroq kadrning eng yorqin va eng qoronği joylarini yaxşiroq işlaydi. Keskinlik va şovqinlar böyiça ikkala smartfonda ham natijalar deyarli bir xil.
Samsung Galaxy S7 xonada kunduzgi portretni suratga olişda barça körsatkiçlar böyiça sözsiz ustunlikka ega.

Kunduzi hamma smartfonlar birdek suratga oladi, deb hisoblanadi, biroq bunday emas. Misol uçun, Apple smartfoni buni Samsunğdan yaxşiroq uddalay oldi. Bunda na keskinlikni dasturiy oşiriş, na tasvir stabilizatori va na tezkor va aniq fokuslaş texnologiyasi Dual Pixel "koreys" qurilmasiga yordam bera olmadi.
iPhone 7 Plus bilan kunduzi keskinroq suratga oliş va suratda köproq detallarni farqlaş mumkin. Biroq tungi suratga olişda smartfon umumiy tonallikni oç-puşti tomonga olib ketgan, bu esa xatodir. Galaxy S7 binoning yoruğlanişini töğri uzatgan: töyingan sariq va binafşarang.
Keskinlik va şovqinlar böyiça ikkala smartfonda ham natijalar birdek. Biroq ayfon kadrning eng yorqin va eng qoronği joylari bilan yaxşiroq işlaydi: ularda köproq detallarni köriş mumkin. Aynan şu jihat "keng dinamik diapazon" deb ataladi.
Ayfon tungi suratda rangni uzatişda ança adaşgan.
Portretni suratga olişda hammasi ayon: bunda natija ayfon foydasiga emas. Galaxy S7 oynadan tuşuvçi yoruğlikni töğri uzatgan, bu smartfonda suratga olişda teri teksturasini farqlaş mumkin va umuman kadr keskinroq va detallaşganroq çiqadi. Portret suratga olişda Galaxy S7 barça körsatkiçlar böyiça iPhone 7 Plus’dan ötib ketdi.
Agar smartfonda kamera siz uçun asosiysi bölsa, unda sizga maslahat şuki, ayfondan köra "koreys"ni tanlagan ma'qulroq. Ikkala smartfon ham yaxşi suratga oladi, biroq sifat böyiça iPhone 7 Plus Galaxy S7 darajasiga torta olmaydi. Kunduzgi kiçik ustunlik ikkala qolgan syujyetlar böyiça aniqlangan kamçiliklarni qoplay olmaydi.












