"Tolibon" harakati jangarilari Afğoniston şimolidagi Qunduz viloyatida hujum boşladi. Bu haqda Frans Press agentligi xabar tarqatdi.

Agentlik xabariga köra, toliblar duşanba kuni tongida hujum boşlagan. Ayni vaqtda hududni Afğoniston armiyasining 2ta vertolyoti nazorat ostiga olgan.

Hujum oqibatida qurbonlar va jarohatlar borligi haqida ma'lumotlar yöq.

Hodisa tafsilotlari keltirilmagan.

Afğonistonda keyingi 1 yilda vaziyat oğirlaşgan. Avvaliga toğli hududlarda harakat olib borgan "Tolibon" jangarilari endilikda yirik şaharlarga hujumlar uyuştirişni boşlagan. Mamlakatning ğarbiy çegaralarida IŞID ta'siridagi guruhlar ham yuzaga kelgan.