Jahon | 13:02 / 04.10.2016
25135
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: AQSh HDK Rossiya flotining eng xavfli qurolini ma'lum qildi

AQSh harbiy-dengiz kuchlari ekspertlari Rossiya harbiy-dengiz floti tarkibidagi eng xavfli qurollar tizimiga oydinlik kiritishgan. Ularga ko‘ra, bular: «Yasen» suvosti qayiqlari, 22350 raqamli «Admiral Gorshkov» fregati loyihalari hamda «Tsirkon» va «Kalibr» raketalaridir.

Bu haqda, Rossiya dengiz salohiyatini o‘rganish instituti direktori Maykl Petersen «Izvestiya» nashriga bergan intervyusida so‘z yuritgan. 

««Yasen» namunasidagi atom suvosti qayiqlarining ishlab chiqarilishi Amerika HDK xavotirlariga sabab bo‘lmoqda. U juda qudratli va xavfli suvosti qayig‘idir. Biz uning nima maqsadda barpo etilganini unchalik ham tushunmayapmiz», — degan Peterson.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda Rossiya HDF o‘z taraqqiyotining yangi darajasiga chiqqani bois, uni jiddiy o‘rganish talab etiladi. 

«O‘tgan o‘n yilliklarda kuzatganimiz qiyinchiliklarga qaramay, Rossiya harbiy dengiz floti shaxsiy tarkib tayyorgarligi va texnologik salohiyati bo‘yicha dunyodagi har qanday flot bilan raqobatlasha oladigan darajaga yetdi. Agar SSSR davri bilan qiyoslanadigan bo‘lsa, Rossiya floti ancha ixcham, ammo texnologik jihatdan ilg‘or flotga aylangan», — deya qo‘shimcha qilgan Peterson.

Uning qayd etishicha, shu munosabat bilan AQSh Rossiya bilan qaroqchilik, giyohvand moddalar kontrabandasi va terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlik qilishi mumkin. 
 

Mavzuga oid