Agar yaqin yillar içida Fransiyaning Lion şahriga taşrif buyurişni rejalaştirgan bölsangiz, albatta haydovçisiz elektron avtobuslar qatnaydigan Konflyuans tumanini közdan keçiring. Transport vositasi tuman aholisini bepul olib yuradi, qolganlar 20 km/soat tezlikda harakatlanadigan avtonom jamoat transportida ozgina yöl haqi evaziga sayr qilişlari mumkin. 

Navya kompaniyasining avtopilotli avtobusi maksimal tezligi — 45 km/soat, biroq sinov jarayoni davomida u çegaralangan. 1350 m uzunlikdagi yönalişda beşta bekat mavjud bölib, ular orasida «Birlaşiş muzeyi» va «Syukriyer» körgazma markazi joylaşgan. 

Avtonom mikroavtobuslar yönalişi böylab xavfsiz harakatlaniş uçun sensorlar tizimi, stereoskopik kamera, lidar, GPS navigatsiya va harakat datçiklaridan foydalaniladi. Yönaliş yil davomida tajriba asosida harakatlanadi. Yöl-transport hodisalarini oldini oliş maqsadida har bir avtobuslarda operator harakatni kuzatib boradi.