Nokia kompaniyasi 2016 yilning oxirida jahon bozoriga qaytadi. Insayderlarning ta'kidlaşiça, kompaniya biryöla bir neça smartfonlarni taqdim qiladi. Hamyonbop modellardan biri haqidagi ma'lumot maşhur Geekbench bençmarkida paydo böldi.
Işlab çiqaruvçi joriy yilda iPhone 7, Samsung Galaxy Note 7 va şu kabi boşqa smartfonlarga raqib böla oladigan qurilmalarni namoyiş qilmaydi. Nokia kompaniyasi oddiy va işonçli byudjyet qurilmalarga urğu beradi. Kompaniyaning bir neça smartfon hamda bir yoki ikki planşet taqdim etişi kutilmoqda.
Bençmarkda Nokia D1C kod nomi ostidagi smartfon haqida ma'lumotlar paydo böldi. Mazkur qurilma bir yadroviy sinovda 656 ball, köp yadroviy sinovda esa 3120 ball töplaşga muvaffaq bölgan.
Manbaga köra, smartfonga 8-yadroviy 64 bit'li Qualcomm Snapdragon çipseti örnatilgan. Qurilmaning operativ xotirasi - 3 Gb. Ma'lum bölişiça, smartfon Android 7.0 Nougat boşqaruvi ostida işlaydi.
Eslatib ötamiz, 2016 yilning may oyida Nokia va HMD Global Oy (bu ham Finlyandiya kompaniyasi) özaro şartnoma imzolaşgan. Unga köra, HMD Global Oy kompaniyasi Nokia qurilmalarni işlab çiqaradi. Afsonaviy işlab çiqaruvçi 2014 yilda öz mobil biznesini Microsoft'ga sotgan. Bitimga köra, Microsoft 2016 yilning oxiriga qadar Nokia brendi ostida smartfonlar işlab çiqarmaydi.












