Ob-havo ma'lumoti bilan taniştiruvçi boşlovçi Jyen Delgado Amerikaning The Weather Channel telekanali efirida Gaitining örmonsizlaşuvi oç-nahor bolalarning daraxtlarni yeyişi bilan boğliqligi haqida xabar qildi. Complex.com bu ma'lumotga diqqatni jalb qildi. 

Delgado mintaqaga yopirilgan "Mettyu" dovuli haqida söz yuritayotib, qöşni Dominikan Respublikasini tabiiy ofatdan örmonlar himoya qilayotgani, Gaiti esa daraxtzorlar masalasida muammolarga duç kelayotganini  qayd etdi.

"Ular daraxtlarni qulatişadi, söngra ularni yoqişadi. Şu darajada oç bolalar borki, ular hatto daraxtlarni iste'mol qilişadi", - dedi boşlovçi. 

Köplab siyosatçilar boşlovçining bu sözlarini tanqid ostiga olişdi, Gaitining sobiq boş vaziri Loran Lamot ham şular jumlasidandir. Keyinroq kanal rahbari Devid Klark boşlovçining sözlari uçun uzr söradi.

Delgadoning özi ham Facebook tarmoği orqali nojoiz sözlaridan çuqur afsusda ekanligi va buning uçun uzr söraşini aytgan. U Gaiti aholisi duç kelayotgan oğir şaroitga e'tibor qaratmoqçi bölganini ma'lum qildi.