Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bir necha kun komada bo‘lgan yakkakurash jangchisi vafot etdi
Mutlaq jang chempionatida (UFC) o‘rta vaznda ishtirok etgan amerikalik jangchi Josh Samman bir necha kun koma holatida bo‘lgandan keyin vafot etdi. Bu haqda TMZ xabar bermoqda.
30 sentabrda jangchi Florida shtati, Tallaxassidagi kvartirasida behush holda topilgan. U bilan birga xonada uning ring-anonseri va do‘sti Troy Kirkinburg o‘lik holda topilgan. Voqea joyiga kelgan shifokorlar sportchini shifoxonaga olib ketishgan va uning do‘sti vafot etganini qayd qilishgan. Ma'lum qilinishicha, 28 yoshli Sammanga giyohvand moddalar peredozirovkasi tashxisi qo‘yilgan, biroq keyinroq shifokorlar uning organizmida giyohvand moddalar izlarini aniqlashmagan.
Josh Samman UFC’ga "The Ultimate Fighter" realiti-shousining 17-mavsumidagi ishtiroki tufayli qabul qilingan. U 16 ta jang o‘tkazib, ulardan 12 tasida g‘alaba qozongandi.
Mavzuga oid
23:23 / 10.01.2026
Fransiya AQShdagi UFC turniri sababli G7 sammiti muddatini o‘zgartirdi
19:46 / 07.10.2025
Tramp Oq uy hududida UFC jangi o‘tkazilishini e’lon qildi
18:13 / 12.01.2025
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
18:33 / 15.08.2024