Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev qöşma loyihalarga start beriş marosimida iştirok etdilar.
Sönggi yillarda ikki mamlakat örtasidagi strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlari izçil mustahkamlanib, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik yangi bosqiçga kötarildi.
Marosim doirasida bank sohasidagi hamkorlik, zamonaviy quriliş materiallari işlab çiqariş, taʼlim muassasalarini taşkil etiş, avtomobillarga yonilği quyiş infratuzilmasini barpo etiş, yirik turistik va turar joy majmualarini quriş, mineral xomaşyoni qayta işlaş va boğdorçilikni rivojlantirişni nazarda tutuvçi qöşma loyihalarga start berildi.

Tadbir iştirokçilari hududlardagi loyiha maydonlaridan onlayn aloqaga çiqib, amalga oşirilayotgan işlar haqida axborot berdilar.
Yangi qöşma loyihalar ikki mamlakat işbilarmon doiralari örtasidagi kooperatsiyani yanada kengaytiriş, özaro investitsiyalar hajmini oşiriş, yangi iş örinlari yaratiş va iqtisodiy hamkorlikni aniq amaliy mazmun bilan boyitişga xizmat qilişi qayd etildi.

















