Falastinning BMTdagi doimiy kuzatuvçisi Riyoz Mansur Falastin davlati BMT Xavfsizlik kengaşi a'zolari bilan xalqaro taşkilotning tölaqonli a'zosi maqomini oliş masalasi böyiça maslahatlaşuvlarni qayta boşlaşi hamda Isroil okkupatsiyasi töxtatilişiga qaratilgan rezolyutsiyaning qabul qilinişiga erişişga yana harakat qilişini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
"Biz Xavfsizlik kengaşi a'zolari bilan Isroil qişloqlari böyiça rezolyutsiya qabul qilinişi maqsadida maslahatlaşuvlar boşlaymiz", deb aytdi Mansur.
Mansurning aytişiça, Falastin delegatsiyasi bu masalani Xavfsizlik kengaşida arab davlatlarini bildiruvçi Misr delegatsiyasi hamda oktabrda Xavfsizlik kengaşiga raislik qilayotgan Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Çurkin bilan muhokama qiladi.
"Bundan taşqari, biz Xavfsizlik kengaşi a'zolari bilan bizning BMTga qabul qilinişimiz masalasiga qaytiş böyiça maslahatlaşuv ötkazamiz. Bu yetakçilarimizdan körsatma olingan ikkita masaladir", deb qöşimça qildi Mansur.
Falastin BMTda kuzatuvçi davlat maqomini olgan, unga tölaqonli a'zo maqomini oliş uçun Xavfsizlik kengaşining roziligi kerak. Ayni vaqtda Isroilning boş ittifoqçisi hisoblanuvçi va Xavfsizlik kengaşining istalgan qarorini bloklab qöya oladigan AQŞning pozitsiyasi sababli buning imkoni bölmayapti.
Falastin davlati rasman 135 ta davlat tomonidan tan olingan hamda Arab davlatlari ligasi tarkibiga kiradi.












