Samarqand şahrida tramvay harakatlana boşlaydi. Bunday taklif Özbekiston prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyevning Samarqand şahriga taşrifi vaqtida bildirilgan.

«Bu ğoya şahar aholisini quvontirdi. Tramvay ekologik toza, iqtisodiy kamxarj va ommabop transport», deyilgan «Özbekiston» telekanalining «Axborot» dasturida. 

«Gazeta.uz» naşri xabarida aytilişiça, tramvay liniyasi Siyob bozoridan Sartepa massivigaça ötkaziladi.

Şavkat Mirziyoyev «aholining qiziqişlarini örganib çiqqan holda» yaqin vaqtlar içida yönalişlar loyihasini işlab çiqiş böyiça körsatma bergan.

Navröz bayramigaça yöl foydalanişga topşirilişi aytilgan.

Ma'lumot uçun, Samarqandda 1947—1973 yillarda tramvay harakati bölgan.

Eslatib ötamiz, şu yilning 2 mayida Toşkent tramvayining 115 yillik tarixiga nuqta qöyilgandi. Şu kuni Toşkentda harakatlanayotgan sönggi tramvay yönalişi — «Beşqayrağoç» dahasi va Ippodrom örtasida qatnovçi 17-yönaliş yopilgandi.

Mazkur qaror avtomobil transporti sonining muntazam ortib borayotgani, köça tarmoqlarining yetarli darajada rivojlanmagani va tramvay yönalişlarining samarasiz faoliyati sabab qabul qilingan.