Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Zaynidin Zidan jamoa ketma-ket to‘rt o‘yinda g‘alaba qozona olmaganidan tashvishda emasligini bildirib o‘tdi.
U jamoa o‘yini o‘xshamayotganiga sabab topishga harakat qilgan.
AS nashri xabariga ko‘ra, 7-turda«Eybar»ga qarshi kechgan va 1:1 hisobida yakunlangan o‘yindan keyin Zidan futbolchilar bilan suhbatlashgan.
U futbolchilaridan JCh saralashi doirasida terma jamoa safida ekanida «Real» haqida unutmaslikni so‘ragan va jarohat olishdan saqlanishga chaqirgan. Bundan tashqari, u futbolchilarga muvaffaqiyatsiz o‘yinlar sababi haqida o‘ylab ko‘rishni tavsiya qilgan.











