Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko 6 oktabr kuni Özbekistonga taşrif buyurdi va bu yerda Özbekistonning Birinçi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Bu haqida Belarus rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
“Davlat rahbari samolyoti Samarqand aeroportiga qöndi”, - deyiladi xabarda.
Manbaga köra, Samarqand aeroportida Aleksandr Lukaşenkoni Özbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev kutib olgan.
“Belarus prezidenti Şohi Zinda majmuasi yonida joylaşgan “Hazrati Xizr” qabristonini ziyorat qildi hamda Islom Karimov qabriga guldasta qöyib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi”, - deyiladi manbada.
Ma'lumotlarga köra, Ş.M.Mirziyoyev Belarus prezidentiga yodgorlik majmuasi va qabriston tarixi haqida sözlab bergan. Şundan söng Lukaşenko Forumlar saroyiga yöl olgan. Bu yerda Belarus davlat rahbari Özbekistonning Birinçi Prezidenti surati ostiga gulçambar qöydi va Islom Karimovning turmuş örtoği Tatyana Karimova bilan suhbatlaşib, unga öz hamdardligini bildirdi.












