AQŞ prezidenti Barak Obama yaqinlaşib kelayotgan «Mettyu» dovuli tufayli mamlakat janubidagi 3ta ştatda favqulodda holat rejimini joriy qildi va mahalliy hukumatga federal yordam körsatişni buyurdi. Oq uy tarqatgan xabarga köra, avvaliga Florida, keyin Janubiy Karolina hamda Jorjiya ştatlarida favqulodda holat tartibi joriy etilgan.

Davlat rahbari milliy xavfsizlik vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlarda boşqaruv böyiça federal agentlikka tabiiy ofatning ehtimoliy oqibatlariga qarşi kuraşga qaratilgan harakatlarni muvofiqlaştirişga farmon bergan.

Oq uy matbuot kotibi Joş Ernest «Mettyu» kutilganidan köra kuçliroq bölib çiqqanini ma'lum qilgan.

AQŞning janubi-şarqiy ştatlari — Florida, Jorjiya, Janubiy va Şimoliy Karolinaning hukumatdan evakuatsiya haqida tavsiya olgan aholisi soni 2 million kişidan oşadi.

Bu dovul tufayli halok bölganlar soni 350 nafarga yaqinlaşdi. Ularning aksari Gaiti fuqarolaridir. Dovul bugun kunning ikkinçi yarmida Amerikaga yopirilişi kutilmoqda.