«Olma» texnikasi işqibozlari iPhone 7 smartfonining faollaştirilişi böyiça muammoga duç kelişmoqda. Muammo şundaki, ular sotib olgan smartfonlar begona Apple ID'ga biriktirilgan bölib çiqmoqda. Bu haqida MacRumors portali xabar beradi.
Balders nikli foydalanuvçi sözlariga köra, Apple yangi flagmanini aktivlaştirişga boğliq muammo u xarid qiliş bilanoq yuzaga kelgan. «Men bu telefonni avval kimdir işlatgan deb öyladim, sababi mening iPhone qurilmam tuşunarsiz Apple ID'ga ulangan edi. Kompaniyaning qöllab-quvvatlaş xizmati smartfonni almaştiriş kerakligini aytişdi», — deydi u.
Bu muammoga faqat yangi smartfonlar duç kelmadi. MacRumors naşri xabarida aytilişiça, bu kabi tuşunmovçiliklar oltinçi avlod devayslari bilan bir qatorda yanada eskiroq modellarda ham kuzatilmoqda.
Bundan aziyat çekkan ayrim foydalanuvçilarning xabar qilişiça, Apple xodimlari yordamida ular nihoyat yangi telefonlarni aktivlaştirişga muvaffaq bölişgan.
Begona Apple ID körsatkiçi bilan iPhone 7 aktivlaştirişga oid qator muammolar xizmat körsatiş markazlarida ta'mirlangandan söng paydo bögan.












