TechRax nomli YouTube-kanali muallifi Samsung 'ning sönggi smartfoni ustida kraş-test ötkazib, Galaxy S8  va iPhone 7 qurilmalari mustahkamligini sinab kördi. Rolikda smartfonni 1,5 metr balandlikdan beton qoplamaga taşlaganda nima röy berişi namoyiş qilinadi. 

Yerga tuşgan ikki telefon ham jiddiy talofat körmagan,  biroq ekran qismini yerga qaratib taşlanganda, iPhone 7 ekrani darz ketgan, Galaxy S8 displeyining esa frontal panel burçaklariga biroz ziyon yetgan, xolos. Bundan taşqari, iPhone 7 darz ketganidan keyin yoqilmagan, uning raqibi esa öz funksiyalarini bajarişda davom etgan. 

Samsung kompaniyasi özining Galaxy S8 va S8 Plus smartfonlarini 29 mart kuni Nyu-Yorkdagi taqdimotida namoyiş qildi.