Tadqiqotlar olib boruvçi Strategy Analytics kompaniyasi 2017 yilning 2-çoragida eng xaridorgir smartfonlar reytingini çop etdi. Bu röyxatda 1- va 2-örinlarni Apple’ning yangi flagman smartfonlari – iPhone 7 va iPhone 7 Plus egalladi.
Kompaniya mutaxassislarining baholaşiça, aprel, may va iyun oylarida Apple deyarli 17 mln dona iPhone 7 va 15 mln donadan köproq iPhone 7 Plus sotgan.
Hammasi bölib Apple 2-çorakda iPhone’ning turli modellaridan 41 mln dona sotgan.
3- va 4-örinlar Apple’ning asosiy raqibi Samsunğning Galaxy S8 va S8+ smartfonlariga tekkan. Bu smartfonlardan mos ravişda 10,2 va 9 mln donadan sotilgan.
5-örinni Xitoyda işlab çiqariladigan hamyonbop Xiaomi Redmi 4A egalladi, bu smartfondan 5,5 mln dona sotilgan.
Samsung Galaxy S8 smartfoni bukilgan ekrani, a'lo darajadagi dasturiy ta'minoti va yaxşi savdo tarmoği sababli bir zumda Android’da işlovçi eng ommaviy smartfonga aylangan.











