Rossiya mudofaa vazirligi Kaliningrad viloyatiga «Iskander-M» raketa majmualarini joylashtirishga buyruq berdi, deb xabar qilmoqda Reuters AQSh razvedkasidagi manbasiga asoslangan holda.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning bunday harakatlari sabab «oddiy bo‘lishi» mumkin. «Bu shuningdek, NATO harakatlaridan noroziligi bois kuchini namoyish etish istagi bilan ham izohlanishi ehtimol», — deb qo‘shimcha qilgan Amerika razvedkasi vakili.