Özbekiston prezidentining tadbirkorlar bilan uçraşuvida belgilangan vazifalarni amalga oşiriş töğrisidagi prezident farmoni qabul qilindi. Farmonda markirovka böyiça ham ayrim yangiliklar közda tutilgan.
Xususan, bundan buyon (farmon 28-avgustdan kuçga kirdi) mehmonxona va umumiy ovqatlaniş xizmatlarini körsatuvçi tadbirkorlik subyektlari tomonidan suv va salqin içimliklar, pivo va tamaki mahsulotlari xarid qilinganda raqamli markirovka kodlari uşbu subyektlarda yakuniy isteʼmolga realizatsiya qilingan deb eʼtirof etiladi.
Şuningdek, 2026-yil noyabr oyiga oxiriga qadar markirovkalaş qoidalarini buzganlik uçun javobgarlik çoralarini yengillaştiriş töğrisidagi qonun loyihasi işlab çiqiladi. Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:
- çakana savdo va umumiy ovqatlaniş sohasidagi tadbirkorlik subyektlarida majburiy raqamli markirovkalaş qoidalarini buzganlik uçun qöllaniladigan jarimalarni qatʼiy miqdorda belgilaş;
- markirovkalaş qoidalari buzilgani aniqlanganda birinçi marta ogohlantiriş tartibini joriy etiş.
Maʼlumot uçun, amaldagi Soliq kodeksida markirovkalaş qoidalarini buzganlik uçun çoraklik sof tuşumning 2 foizi miqdorida jarima belgilangan.
Xuddi şunday huquqbuzarlik jarima qöllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bölsa, jarima miqdori çoraklik sof tuşumning 20 foiziga teng böladi.












