BMT boş kotibi Pan Gi Mun Yaman poytaxti Sano şahrida dafn marosimi bombardimon qilinganini qoralab çiqdi va bu hodisa böyiça jiddiy tekşiruv ötkazişga çaqirdi.
«Boş kotib Sanodagi dafn marosimiga yiğilgan yuzlab kişilar ustiga qilingan hujumni qattiq qoralaydi. Dastlabki ma'lumotlarda 140 nafardan ortiq kişinining ölimiga va yuzlab kişilarning jarohat olişiga sabab bölgan uşbu hodisada arab koalitsiyasi ayblanmoqda», — deya BMT matbuot xizmatidagi bayonotdan iqtibos keltirilgan RIA Novosti axborot agentligi xabarida.
8 oktabr kuni Sanoda mamlakat içki işlar vaziri otasining dafn marosimi bölib ötgan. Hujum oqibatida halok bölganlar orasida köplab mansabdorlar, jumladan, poytaxt hokimi Abdulqodir Hilol borligi bildirilmoqda.
Koalitsiya tomoni bu hujumga aloqadorligini rad qildi.
Oq uy Yamandagi ziddiyat tomonlarini harbiy harakatlarni töxtatişga çaqirdi va arab koalitsiyasini qöllab-quvvatlaş masalasi qayta körib çiqiilişi mumkinligini bildirdi.












