Şu kunlarda Ekoharakat deputatlar guruhi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş masalalari qömitasi a'zolari tomonidan parlament muhokamasiga bir qator yangi qonun loyihalari taklif etilmoqda.
Qonunçilik palatasi matbuot xizmatining xabar berişiça, deputatlar “Ekologik ekspertiza töğrisidagi Özbekiston Respublikasining Qonuniga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ustida işlaşmoqda.
Dastavval qömita huzurida ekspertlar guruhi tuzilgan. Hozirgi vaqtda uşbu işçi guruhi qonun loyihasini dastlabki öqişga tayyorlaş ustida faoliyat olib bormoqda.
Ma'lumot uçun, amaldagi “Ekologik ekspertiza töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni 2000 yilning 25 mayida qabul qilingan va tabiatni muhofaza qiliş qonunçiligini rivojlantiruvçi hamda asosini taşkil etuvçi qonunlardan biri sifatida namoyon bölgan.
Uşbu qonunning 15 yil davomida amaliyotda qöllanişi, davlat ekologik espertizasining atrof-muhitni muhofaza qiliş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş talablarining bajarilişini ta'minlaşda boşqaruv qarorlarini qabul qilişning dastlabki bosqiçidayoq baholaş imkoniyatini beruvçi samarali usullardan biri ekanligini körsatdi.
Biroq, şaharsozlik va yer qonunçiliklaridagi özgarişlar, Özbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat töğrisida”gi Özbekiston Respublikasining Qonunning qabul qilinişi hamda ekologik sohadagi texnik reglamentlarning kiritilişi davlat ekologik ekspertizasi obektlarini ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik şaroitlarga mosligini aniqlaştiriş va unga moslaştiriş maqsadida uşbu sohadagi qonunçilikni qayta körib çiqişni talab etmoqda.
"Ekologik ekspertizani amalga oşiriş bobida davlat ekologik ekspertizasining eksperti böyiça yangi modda kiritilib, huquq va majburiyatlari aniqlaştirilmoqda. Şuningdek, davlat ekologik ekspertizasi xulosasining amal qiliş muddati va uning töxtatilişi böyiça normalar kiritilmoqda. Bir söz bilan aytganda, qonun loyihasi ekologik ekspertiza sohasidagi milliy va xalqaro tajribalarni hisobga olgan holda işlab çiqilgan bölib, ekologik xavfsizlikni ta'minlaş, atrof muhitga va aholining salomatligiga salbiy ta'sirlarni oldini oliş, ekologik ekspertiza ötkazişda nodavlat notijorat taşkilotlarining huquqini kengaytirişga, şuningdek jamoatçilik va fuqarolarning rolini oşirişga qaratilgandir", degan qömita a'zosi Xayrulla Gapparov.







