Hujjat Qonunçilik palatasi deputatlarining siyosiy faolligini oşiriş, ularning saylovçilar oldidagi mas’uliyatini kuçaytiriş, şuningdek, hududlarda ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni hal etiş vositasi sifatida taşabbusli budjet mexanizmlarini rivojlantirişga qaratilgan.

Hujjat quyidagi asosiy vazifalarni belgilaydi:

  • deputatlarni saylov okruglaridagi ijtimoiy muammolarni hal etiş uçun zarur resurslar bilan ta’minlaş;
  • taşabbusli budjet loyihalarini moliyalaştiriş ustidan parlament nazoratini kuçaytiriş;
  • loyihalarni amalga oşirişda davlat-jamiyat şerikligi modelini joriy etiş.

Qarorga köra:

  • deputatlar “Oçiq budjet” portalida saralaşdan öta olmagan, biroq aholi uçun muhim bölgan har bir fasl uçun bitta loyihadan jami ikkita loyihani ğolib deb e’lon qiliş huquqiga ega;
  • Qonunçilik palatasida 11 nafar deputatdan iborat parlament komissiyasi tuziladi;
  • har yili 1 maygaça deputatlar saylovçilar bilan muloqot asosida şakllantirilgan takliflarni ijro hokimiyati organlariga taqdim etadi. 

2026 yil 1 yanvardan:

har bir okrugda deputatlar aholining hayotiga eng katta ta’sir körsatgan ikkita loyihani tanlab, ularni respublika budjeti hisobidan majburiy moliyalaştirişga kiritadi;
“Oçiq budjet” portalida deputatlar taşabbusi bilan ilgari surilgan alohida loyiha toifasi joriy etiladi.
Har bir deputat uçun har yili  bazaviy hisoblaş miqdorining 8000 barobari (BHM) miqdorida mablağ ajratiladi;
bunday loyihalarga taşabbusli budjetning umumiy loyihalariga qöyilgan mezonlar tatbiq etiladi.

Har bir deputat uçun har yili  bazaviy hisoblaşning miqdorining 8000 barobari (BHM) miqdorida mablağ ajratiladi. Bunday loyihalarga taşabbusli budjetning umumiy loyihalariga qöyilgan mezonlar tatbiq etiladi.