«Özbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilga qadar rivojlantiriş» konsepsiyasiga köra, Xalq deputatlari mahalliy Kengaşlariga quyidagi vakolatlar beriladi, jumladan:
- davlat köçmas mulkidan foydalanganlik uçun ijara tölovining eng kam stavkalarini belgilaş;
- dafn etiş joylarini saqlaş qoidalarini va dafn etiş xizmatlarini körsatiş böyiça tariflar miqdorini tasdiqlaş;
- yöllarning ayrim qismlarida harakatlaniş tezligini oşirişga yoki kamaytirişga (tegişli yöl belgilari örnatib) ruxsat beriş.
Budjet loyihasini işlab çiqişda mahalliy budjet xarajatlarining muayyan qismi mahalliy Kengash deputatlarining bevosita taşabbusi asosida şakllantiriladi.
Şuningdek, jamoatçilik asosida mahalliy Kengaşlar qoşida Yoşlar guruhlari hamda Maslahat guruhlari taşkil etiladi.
Bundan taşqari, «E-Kengash» elektron platformasi «qulaylik – soddalik – xavfsizlik» tamoyili asosida doimiy takomillaştirib boriladi.













