Oliy Majlis Qonunçilik palatasining 5 avgust kuni bölib ötgan yiğilişida “Şaharsozlik renovatsiyasi töğrisida”gi qonun loyihasi körib çiqildi.

Adliya vaziri örinbosari Mahmud Istamovga köra, uşbu hujjat eskirgan turar joy fondini yangilaş va zamonaviy hamda energiya samarador şahar muhitini yaratiş uçun huquqiy baza yaratadi. Şu paytgaça mamlakat böylab köplab renovatsiya loyihalari amalga oşirilgan bölsa-da, uşbu jarayonlarni tartibga soladigan va uning xususiyatlarini özida ifoda etadigan alohida qonun mavjud bölmagan.

Foto: Qonunçilik palatasi

“Bu jarayonlar umumiy qoidalarni aks ettiruvçi qonunlar va kodekslar, xususan, Fuqarolik kodeksi, Şaharsozlik kodeksi, Yer kodeksi va boşqa qonun va qonunosti hujjatlari bilan tartibga solib kelinyapti. Maxsus qonun hujjatining mavjud emasligi bir qator hollarda mulkdorlar huquqlarining poymol etilişiga ham olib kelmoqda”, dedi Istamov.

Vazir örinbosarining qöşimça qilişiça, köp kvartirali uy-joylar fondi jiddiy yangilanişga muhtoj.

“Respublika böyiça jami 42 mingdan ortiq köp qavatli uylar mavjud bölib, ularning qariyb 17 mingtasi ikki-uç qavatli uylardir. Şundan 343 tasi hatto foydalaniş muddatidan ötgan, texnik jihatdan avariya holatida bölib, hozirgi talablarga mutlaqo javob bermaydi. Jumladan, elektr, gaz, suv ta’minoti tizimlari eskirgan. Ba’zilarining hatto oqova suv tarmoği ham yöq”, dedi u.

Renovatsiya qaysi hududda amalga oşiriladi?

Qonun loyihasida qaysi hududlar renovatsiya qilinişiga doir aniq mezonlar belgilanyapti. Bunda quyidagi omillar asos qilib olinadi:

  • hududning boş rejada renovatsiya hududi sifatida e’tirof etilgan bölişi;
  • uy-joylar yaşaş uçun butunlay yaroqsiz yoki avariya holatida bölişi;
  • hudud aholisining ijtimoiy hayotiga jiddiy ta’sir qiladigan holatlar mavjudligi.

Bundan taşqari, renovatsiya loyihasini hokimliklar, öşa hududda yaşayotgan aholi va xususiy investorlar taklif qilişi mumkin böladi. Bunda mulkdorlarning kamida 80 foizining notarial tasdiqlangan roziligi şart.

Adliya vaziri örinbosari mulkdor 100 foiz rozi qilinmasa, heç qanday quriliş va buziş işlari amalga oşirilmasligini ta’kidladi.