AQŞ prezidentligiga Demokratlar partiyasi nomzodi Hillari Klinton Suriya aholisi "Rossiya bosimi" va "Rossiya hamda Eron" kuçlarining har kungi bombalaridan jabr körayapti, deb hisoblaydi. Bu haqida u 9 oktabrda Sent-Luisdagi (Missuri ştati) Vaşington universitetida raqibi Donald Tramp bilan bölib ötgan teledebatlarning ikkinçi raundida ma'lum qildi. Teledebatlar CNN telekanali orqali töğridan-töğri efirga uzatildi. 

Demokratlar vakilasi Suriya Arab Respublikasidagi vaziyatni "musibatli", deb atadi va u yerda noparvoz (parvoz amalga oşirilmaydigan) zonalar yaratişga çaqirdi. Bundan taşqari, u Rossiya Suriya taqdiriga befarqligini aytib, RF Harbiy-havo kuçlari (HHK) Halabni maqsadli yöq qilayotganini ta'kidladi. "Men suriyaliklar va ruslar amalga oşirgan harbiy jinoyatlarni tergov qiliş hamda ularni javobgarlikka jalb qilişga doir sa'y-harakatlarni qöllab-quvvatlayman", - dedi Klinton. 

Uning sözlariga köra, Moskva IŞID bilan kuraşga yetarliça e'tibor qaratmayapti, u şunçaki Başar Asad rejimini qöllab-quvvatlayapti. "Bizning Rossiyaga ta'sir körsatuvçi "qurolimiz" bölişi kerak, çunki ular masalani diplomatik yöl bilan hal qiliş uçun muzokaralar stoliga ötirişni xohlaşmayapti", - dedi sobiq boş kotib. 

"Men Rossiyaga, Putinga qarşi bölganman va prezident  sifatida ham şunday qilişda davom etaman", - deya va'da berdi Klinton.