Jamiyat | 09:55 / 11.10.2016
4334
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda turar joy binosi qulashi oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi

Foto: telegraf.com

Xitoy sharqidagi Chjetszyan provinsiyasi, Venchjou shahri, Luchen tumanida joylashgan turar-joy binosining qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 22 nafarni tashqil qildi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi (CCTV) xabar bergan.

Ayni vaqtda qutqaruv amaliyoti yakunlangan. Vayronalar ostidan jarohatlangan bir necha kishi chiqarib olingan.

6 qavatli bino mahalliy aholi vakillari tomonidan noqonuniy ravishda qurilib, ishchilarga ijaraga berilgani aniqlangan.

Qutqaruv operatsiyasida bir necha yuz kishi ishtirok etdi.

Mavzuga oid