Bolgariyaning Qora dengizdagi eksklyuziv iqtisodiy zonasida ikkita savdo kemasiga dengiz va havo dronlari hujum qildi, deya maʼlum qildi mamlakat boş vaziri Rumen Radev hodisa yuzasidan asosiy idoralar rahbarlari bilan ötkazilgan yiğilişda. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bu hujum Rossiya dronlari tomonidan amalga oşirilganini bildirdi.
Kemaçilik sohasidagi manbalar Reuters agentligiga maʼlum qilişiça, bu – Bolgariya suvlaridagi birinçi şunday hujum böldi.
«Hujum oqibatida ikki kemaga zarba berildi», – degan Radev telemurojaatida. Kemalardan birining (unda ğalla taşilayotgan edi) ekipaj aʼzolari qutqarib qolingan, ulardan ikki nafari jarohatlangan. Ikkinçi kema esa çökib ketgan (uning yuki haqida maʼlumot yöq), ekipaj aʼzolari bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda.
Dengiz xavfsizligi sohasidagi manba Reuters agentligi bilan suhbatda dastlabki hisob-kitoblar hujumlar Rossiya tomonidan amalga oşirilganini körsatayotganini aytgan.
Radev hujum ortida kim turgani haqida gapirmagan, ammo Rossiyaning Ukrainadagi uruşini tilga olib ötgan. «Agar bu uruş öz vaqtida töxtatilmasa, u özining geografik çegaralarini kengaytirişda davom etadi va hatto global mojaro xavfini oşiradi», – degan u.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Bolgariya sohillari yaqinida ikkita savdo kemasiga Rossiyaning dengiz va havo dronlari hujum qilganini aytdi.
«Ukraina mudofaa kuçlari dengizning bu hududida heç qanday amaliyot ötkazmagan, – degan Ukraina prezidenti. – Bolgariya tomoni bilan barça maʼlumotlarga aniqlik kiritdik, harbiy-dengiz kuçlarimiz Bolgariyadagi hamkasblari bilan boğlandi. Bu Rossiyaning dengiz va havo dronlari orqali uyuştirgan qöşma hujumi ekani aniqlandi».
Zelenskiy kemalarga zarba beriş orqali «Rossiya Qora dengizning ğarbiy qismini qatnov uçun mutlaqo yaroqsiz holatga keltirişga bölgan urinişlarini davom ettirayotgani»ni taʼkidlagan.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiyani makkajöxori olib ketayotgan fuqarolik kemasiga zarba berişda ayblaganidan bir kun ötib ham Moskva tomonidan izoh berilmadi.
Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen bunday hujumlarga «toqat qilib bölmasligi»ni aytdi.
Radevning sözlariga köra, kemalarga hujum Bolgariyaning Byala şahridan taxminan 110 km şarqda tungi soat uçlarda röy bergan. Bitta kema çökib ketdi, ikkinçisi esa şikastlandi, deydi hukumat rahbari.


















