Xitoyning Çjetszyan viloyatida yaşovçi 94 yoşli ayol kung-fu bilan şuğullanişi tufayli internetda maşhur bölib ketdi. Bu haqda Daily Mail naşri xabar berdi.

Çjan Xesyan jangovar san'atlarning bu turi bilan tört yoşidan şuğullana boşlagan hamda katta bölganidan söng Ninbo şahrida özi dars bera boşladi. Ayol ayni damda nafaqaga çiqqan bölib, har kuni sport bilan şuğullanadi va qurol sifatida yoğoç tayoqdan foydalanadi. U öz öğli bilan birgalikda maşqlar olib boradi, şuningdek, çevarasiga ham bu sport sir-asrorlarini örgatmoqda.

Xesyan yaxşi jismoniy holatda bölib, kuçli soğliği bilan ajralib turadi. Ta'kidlanişiça, uni mahalliy aholi vakillari “ayol-ritsar” deb ataşadi.